Avtobusda odam unchalik köp emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi
bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib
hamma joylar band, aksariyati özi tengi va yowi ulug'lar. Faqat
orqaroqdagi örindiqlarning birida 14-15 yow atrofidagi qizcha jimgina
köchani tomowa qilib ketardi. Ayol ösha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy
beriwni hayoliga ham keltirmasdi. Bunga sayin ayol asabiylawar, qizga
burgutqaraw qilardi. Qizning e'tiborini tortish u-n yötalib qöydi.
Qizcha yowi katta "xola"ga bir qarab qöydiyu yana bamaylixotir
ötiraverdi. Ayol kun böyi tik oyoqda charchagandi. Xuddi hammasiga
qizcha aybdordek unga jahl b-n qarardi. Xotirjam böliwga urinardi.
"Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali ayolman, örnimda bowqasi bölganida bu
qizaloqqa ham yaxshigina tarbiya berib qöygan bölardi",-hayolidan
ötkazardi ayol. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6
odam chiqqach ayol battar öng'aysizlana bowladi. Nihoyat u qarwisida
ötirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz
yowligimizda avtobusga özimizdan kattalar chiqqanida joy berardik.
Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qöli b-n körsatdi),
ota-onasi har kuni nimani örgatadi, bilmadim. Ötiriwini qarang". Qizcha
yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq
gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim
bölib qoldi. Keyingi bekatda avtobus töxtagach 23-24 yowlardagi bir
yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. -Akajon,- qizcha köz
yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib oldi. Ular haligi ayolning
yonidan ötiwarkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan
ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam bölsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan
tuwib qizchani nogironlik aravachasiga ötqazayotgan yigitni kuzatib
qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat wu
qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi ewitildi. Avtobus yurgan vaqtda
qizcha ötirgan, böw örindiqqa qarab qolgan ayolning közlarida yosh
tinmasdi...
Комментариев нет:
Отправить комментарий